Shifoxona tarixi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali haqida qisqacha tarixiy ma’lumotnoma.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Onkologiya dispanseri tibbiy xizmati ilk bor 1952 yilda 10 o‘rindan iborat shahar shifoxonasi binosining bir qismida tashkil etilgan. Onkologiya dispanserining dastlabki bosh shifokori Faid Abdurahmonovich. 1962-yili radiologiya korpusi binosi qurilishi tugallanishi bilan Onkologiya dispanseri statsionar bo‘limlari 50 o‘ringa kengaytirildi. 1967-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi onkologiya dispanserining 150 o‘rindan iborat yangi binosi qurilib foydalanishga topshirildi. O‘sha vaqtdan boshlab Tarakoabdominal xirurgiya bo‘limi, Ayollar reproduktiv a’zolari kasalliklari bo‘limi, Umumiy onkologiya bo‘limi, kimyoterapiya bo‘limi, radiologiya bo‘limi, tashkiliy metodik yordam bo‘limi. Poliklinika, sitologiya, klinika biokimyo laboratoriyasi ish boshladi. 1972 yilda O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash vazirligi Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali bo‘lib tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 noyabrdagi «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-1652-sonli Qarori asosida onkologiya dispanserlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish Investitsiya loyihasiga kiritilib, 2013 yil davlat loyihasi bo‘yicha yangidan poliklinika va 40 o‘rindan iborat radiologiya korpusi ishga tushirildi. 2014 yil bemorlar davolanadigan eski statsionar bo‘limida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Filial O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1993 yil 12 dekabrdagi No631-sonli «O‘sma kasalliklarining profilaktikasi, erta diagnostikasi va davolashni yanada takomillashtirish» buyrug‘i asosida faoliyat yuritadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 sentyabrdagi No329-sonli buyrug‘iga asosan Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-Amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filialiga o‘zgartirildi. Filialning bugungi kundagi tuzilmasi 160 o‘rindan iborat bo‘lib: Torakoabdominal bo‘limi 30 o‘rin, Ayollar reproduktiv a’zolari kasalliklari bo‘limi 30 o‘rin, Kimyoterapiya bo‘limi 20 o‘rin, Palliativ yordam bo‘limi 20 o‘rin, Umumiy onkologiya bo‘limi 20 o‘rin, Radiologiya bo‘limi 40 o‘rin. Ko‘rsatilgan bo‘limlardan tashqari paraklinik bo‘limlar ham mavjud:
Bular – 150 qatnovga mo‘ljallangan dispanser bo‘limi. Dorixona. Markazlashtirilgan sterilizatsiya bo‘limi. Rentgen diagnostika bo‘limi. Klinik, biokimyoviy laboratoriya bo‘limi. Patomorfologiya bo‘limi. Tashkiliy metodika bo‘limi. Arxiv. Xo‘jalik bo‘limlari. Ma’muriyat (buxgalteriya, kadrlar bo‘limi)
Markaz filiali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri M.Jumanazarov ko‘chasi, 29 uyda joylashgan.

Songi yangiliklar

Teglar